Metodik mahorat muhim

Date:

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya jarayonining muhim bosqichidir. Ushbu jarayonni samarali tashkil etish va boshqarish uchun pedagoglarning metodik mahorati, ya’ni o‘qitish uslublari, metodlari va pedagogik yondoshuvlarning to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik mahorat soati o‘quv jarayonining sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.
Metodik mahorat tadbirlarini oʻtkazish maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanishi uzluksizligini taʼminlaydi. Bu taʼlim-tarbiya jarayonlarining sifati va samaradorligi oshiriladi. Termiz shahridagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham metodik mahorat soatlari o‘tkazilib, ko‘pgina tarbiyachi-pedagoglar o‘z faoliyatlarida AKTdan foydalanib, turli didaktik ta’limiy o‘yinlar orqali tarbiyalanuvchilarining bilimlarini yanada mustahkamlashga erishmoqdalar.
Ushbu soatlar davomida tarbiyachi-pedagoglar o‘z malakalarini oshirib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim metodikalari va innovatsion yondoshuvlar bilan tanishadilar. Bu nafaqat tarbiyachilarning professionallik darajasini oshiradi, balki tarbiyalanuvchilarga ta’lim berishda yanada samarali natijalarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Lola XOLDOROVA,
Termiz shahridagi 12-DMTT tarbiyachisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlik — tafakkur poydevori

Yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda...

Tashabbusli byudjet: ochiqlik kuchaytiriladi

Fuqarolarning mahalliy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbusli...

Eng kuchli polvonlar aniqlandi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy...

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...
KunTun
KunTun