Odamlar

Date:

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu qizning ushbu holatidan avtobusdagilar iljayib qo‘ydi. Qiz yigitning yonidagi bo‘sh joyga o‘tirdi:
— Yaxshi qiz, mana bu “portochka”ni yopib yuboring, shundoq qo‘lingizni cho‘zsangiz yetarkan. Bu gapdan avtobus orqasida to‘planib turgan bir talay bolalar baqirib kulib yuborishdi. Qiz bor qahr-g‘azabini to‘plab yigitga sochdi:
— Uyatsiz, seni ham ona tuqqan-ku, bezbet!
Avtobus ortidan esa pichir-pichir ovozlar eshitildi:
—Haah uyatsiz, qiz bopladi. Bu yoshlar jaa betarbiya bo‘lib ketishyapti, beadab.
Qishning achchiq shamoli yana bir bekat avtobus oynasidan esib turdi. Qiz oldida jim ketayotgan “bezbet” dir-dir titrasa-da, turib derazachani yopishga unamadi.
— Ziyolilar bekati!! Tushadiganlar keling – avtobus chipta tarqatuvchisi chaqirig‘idan yigit yonida turgan qo‘ltiq tayog‘ini oldi-yu, avaylabgina avtobusdan tushib ketdi…
— Obbo qiz qurg‘ureyeye, o‘zi ko‘ngli yarim bechora yigit ekan. Dilini og‘ritibdi. Insof ham qolmagan odamlarda…, — avtobus ortidan yana o‘sha tanish ovozlar eshitildi.

A.Abdalimov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun