“Memento” ilg‘or chiqdi

Date:

Har qanday rivojlangan, yuksak taraqqiyot ila odimlayotgan davlat, avvalo, milliy qadriyatlarga tayansa, o‘sha davlat mustahkam, o‘sha davlatning dunyoda tutgan o‘rni va nufuzi ham o‘ziga xos bo‘ladi. Buning uchun esa yosh avlodni tarbiyalashda qadriyatlarga tayangan taraqqiyotni yaratish muhim. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham ana shunday ezgu maqsad ila mamlakat rivoji, yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani barchamizga ma’lum.
Ushbu tamoyildan og‘ishmagan holda Partiya mas’ullari tashabbusi bilan bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan beshta oliy ta’lim muassasalari zukko talabalari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi. Maqsad esa yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirish, ulug‘ bobokalonlarimizga bo‘lgan hurmat va muhabbat hissini qalbiga jo etish, aslida kim ekanligimiz, ajdodlarimizdan bizga qanday ulkan ma’naviy me’ros qolganligini puxta o‘rgatish va shu orqali qadriyatlarni e’zozlagan holda farovon kelajakka hissa qo‘shadigan uddaburon va zakiy avlodni tarbiyalashdan iborat.


Tadbirda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat hamda Termiz shahar Kengashlariga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan Oliy ta’lim muassasalari mas’ullari, OAV vakillari ishtirok etdi. Termiz davlat pedagogika institutining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida beshta jamoa ishtirok etdi.
Intellektual o‘yinni mazmunli va yanada qiziqarli o‘tkazish maqsadida shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muahmmad Bobur hamda buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan savollardan tashqari, mantiqiy savollar, siyosiy yangiliklar va jahonda yuz berayotgan voqea hodisalarga oid biri-biridan ajoyib 15 ta savol o‘ynalgan bo‘lsa, bilimdonlar har bir savolga o‘ylab, mulohaza yuritib javob berishi uchun bir daqiqadan vaqt ajratilib, hakamlar hay’ati jamoalarning bergan javoblarini tahlil qilib borishdi. Yakunda esa zukkolik bilan, tezkor va mushohada bilan 15 ta savoldan 10 tasiga aniq va to‘g‘ri javob bergan Termiz davlat pedagogika instituti talabalaridan iborat “Memento” jamoasi g‘olib deb topildi. G‘oliblar hamda barcha faol ishtirok etgan iqtidorli yoshlarga tashkilotchilarning esdalik fovg‘alari hamda faxriy yorliqlari topshirilib, yoshlarning kelgusi faoliyatiga omadlar tilandi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni ilmga chanqoq, sinovlardan sinmayin o‘tishga, oldiga qo‘ygan maqsadiga yetishda, o‘zligini anglashda milliy qadriyatlarimiz, ulug‘ bobokalonlarimizni yod etgan holda olg‘a intilishga chorlashi shubhasiz.

Adolat MO‘MINOVA

Oldingi sahifaOdamlar
Keyingi sahifaJiddiy masalalar hal etildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb...

Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy...

Urinish besamar ketmadi

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida...

TerDUda Navro‘z shukuhi

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda...
KunTun
KunTun