Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Date:

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak boʻladi. Albatta, kerakli xulosani chiqarib, jamiyatda tuzalish yoʻliga oʻtadi. Bu oʻzi, oilasi, atrofdagilar uchun ham muhim. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 483 shaxs afv etildi.

Xususan, Termiz tumanida yashovchi, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan hamda tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 2 nafar shaxs afv etilib, oilasi bag‘riga qaytdi.

Tuman IIB boshlig‘i O‘.Mustafoqulov afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ushbu shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytib, ijtimoiy hayotga moslashishi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari hamda sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ko‘mak berish choralari belgilandi.

Fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi hamda sog‘ligini tiklashlariga sharoit yaratish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Shuningdek, bir nafarining fuqarolik pasporti olish masalasidagi murojaati hal etildi.

Oldingi sahifaUstozga ehtirom
Keyingi sahifaOnlayn muloqot o‘tkazildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun