Onlayn muloqot o‘tkazildi

Date:

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror qiladi. Turgan gapki, ularning orasida baʼzi muammolarga uchragani, yurtga qaytish istagi bordir. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Termiz tumani prokuraturasi tashabbusi bilan ishlash, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi. Unda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Mustafoqulov va tuman prokurorining o‘rinbosari Sh.To‘raqulov hamda mutasaddilar yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning murojaat, muammo va takliflarini tingladi.

Shuningdek, yoshlar uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, munosib ish o‘rinlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi. Yoshlar savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi. Qabul qilingan har bir murojaatni o’rganib chiqish va hal etish yuzasidan mas’ullar belgilanib, ijroga yo’naltirildi.

Onlayn uchrashuv yoshlar bilan doimiy aloqa o‘rnatish, tashabbuslarini rag‘batlantirish va muammolarni hal etish imkoniyatini berishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun