“Uzuntumangaz” g‘olib

Date:

“Hududgaz Surxondaryo” GTF Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan minifutbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Joriy yil davomida bosqichma-bosqich o‘tkazib kelingan minifutbol musoboqasining yakuniy bosqichi Sho‘rchi tumanida o‘tkazildi va unda filial Ijro apparati, “Jarqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi, “Uzuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi va Boysun gaz to‘ldirish shaxobchasi xodimlaridan iborat kuchli 4 ta jamoa, 32 ta xodim ishtirok etdi.
Jamiyat xodimlarining jismoniy faolligini oshirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu turnirga joriy yilning may oyida start berilgan va yarim final o‘yinlarida o‘zaro musobaqalashib g‘olib bo‘lib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Musobaqaning final o‘yini yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni “Uzuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlaridan iborat jamoa egalladi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan har bir o‘yinchi va ishtirokchi jamoalarga “Hududgaz Surxondaryo” GTF Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun