Kambag‘allikdan farovonlik sari

Date:

So‘nggi yillarda yurtimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan bir qator samarali mexanizmlar joriy qilindi. Xususan, rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga og‘ir ahvoldagi kambag‘al oilalar biriktirilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida qator chora-tadbirlar belgilab olingan.
“Sanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi Aziz Akbarjonovga Uzun tumanida tanlab olingan 51 ta oila biriktirilgan bo‘lib, ular o‘rtasida ishsizlikni bartaraf qilish, kambag‘allikni qisqartirish, kam daromadli migrantlarni yurtimizga qaytarib o‘zimizda munosib ish bilan ta’minlash masalalar yuzasidan qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha tumaning Kichik jonchekka, Mustaqillik, Istiqlol hamda Serharakat mahallalaridan “Sanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisiga biriktirilgan oilalarning holidan xabar olinib ularning farzandlariga dars stol va stuli, stol chiroqlari hamda ushbu oilalarning maktab yoshidagi 77 nafar farzandlariga sumka va o‘quv qurollari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun