Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Date:

Munosib ish mehnat yarmarkasida topiladi. Ishsizlar o‘zlariga ma’qul kelgan ishni tanlab, mutaxassislardan kerakli maslahat va tavsiyalarni oladilar. Angor tumani prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 55 ta korxona va tashkilotlar 266 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Unda 141 nafar yosh ishtirok etib, ularning 12 nafariga korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
11 nafar yoshga tumandagi “Ishga marhamat” monomarkazidagi kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish kurslariga yo‘llanmalar berilishi ta’minlandi. Mehnat qonunchiligi bo‘yicha 42 nafar fuqaroga maslahat va huquqiy yordamlar ko‘rsatildi. Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi, 2 nafar yoshga payvandlash hamda 1 nafar yoshga zanjirli arra aparati berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat...

Marraga birinchi keldi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish...

Diplom bilan tugamas ta’lim

Oliy ta’lim diplomi inson hayotining muhim poydevori bo‘lib qolmoqda....

Murosasizlik eng kuchli qurol

Korrupsiya davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘layotgan eng dolzarb...
KunTun
KunTun