Surxondaryoning sport infratuzilmasi oʻrganildi

Date:

Sport sohasiga e’tibor kuchayib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi ham oshib bormoqda. Albatta, o‘z o‘rnida qilingan e’tibor, rag‘bat va imtiyozlar, shu bilan birga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘plab iqtidorli chempionlarni kashf etish bilan birga, ularni dunyoga tanitmoqda. Demak, bu boradagi ishlarni davom ettirish lozim.
Ayni maqsadda Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi mutasaddilar Surxondaryo viloyatidagi sport infratuzilmasini oʻrganishdi. Rasmiylarni viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov kutib oldi. Mutasaddilar dastlab Termiz shahridagi Sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida boʻlishdi. Tashrif davomida viloyat Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Termiz shahar sport maktabi, suv sporti turlariga ixtisoslashgan sport maktabi ham koʻzdan kechirildi. MOQ rahbariyati oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning maqsadlari va mashgʻulotlar jadvali bilan tanishdi.
Oʻrganish ishlari yakunida sport federatsiyalarining viloyatlardagi boʻlimlari bilan Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha fikr almashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun