Jurnalist va blogerlar noshirlik xizmati bilan tanishdi

Date:

Surxondaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi Termiz shahridagi “Surxon-nashr” nashriyoti hamda “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari birlashgan tahririyati bosmaxonasiga press-tur tashkil etdi.


Mahalliy jurnalist va blogerlar dastlab “Surxon-nashr” nashriyotida kitobni chop etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ular muharrirlarning qo‘lyozmani tahrirlash, dizaynerning muqova va suratlarni ishlash, montaj jarayonida elektron fayl ko‘rinishidagi qo‘lyozma sahifalarini to‘g‘ri joylashtirish, xomaki nusxani maxsus qoplamaga tushirib, bosma qoliplar tayyorlash, kitobni bosish, buklash, tikish, muqovalash, kesish va qadoqlash ishlari, shuningdek, buyurtmalar asosida bajarilayotgan poligrafiya xizmatlarini ko‘zdan kechirdi.
– Noshirlik va poligrafiya faoliyati bilan shug‘ullanayotganimizga yigirma yil bo‘lmoqda, – deydi “Surxon-nashr” nashriyoti rahbari Juma Shaymatov. – Faoliyatimizni dastlab bir dona kompyuter jamlanmasi va chop etuvchi kichik dastgoh bilan boshlagan edik. Hozir 20 nafar ishchi-xodim Yaponiya, Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarilgan eng so‘nggi turdagi 30 ga yaqin uskunada ish yuritmoqda. Xitoy, Hindiston, Eron va rossiyalik soha mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashib, faoliyatimizni yildan-yilga kengaytirib boryapmiz.


Shu kuni ishtirokchilar “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” viloyat gazetalari birlashgan tahririyati bosmaxonasida ham bo‘lib, qizg‘in ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Hindiston va Xitoydan keltirilgan texnologiyalarning chop etish quvvati, viloyatdagi gazetalarning yaratilishi va bunda nimalarga ahamiyat qaratilishi haqida fikr almashdi. Mutaxassislar bosma nashrlarning chop etilishiga oid turli savollarga javob berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun