Mezbonlar bo‘sh kelmadi

Date:

Termiz shahrida joylashgan “Surxon” sport majmuasida bir necha kun davomida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi stritbol sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 252 nafar sportchi yosh ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 16-21 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida mezbon viloyat jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navoiy va Jizzax viloyati vakillari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni zabt etdi. 22-26 yoshli ishtirokchilar orasida esa Surxondaryo, Navoiy hamda Namangan jamoalari peshqadamlik qildi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa 16-21 yosh toifasida Navoiy viloyati jamoasi g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 22-30 yosh toifasida samarqandlik sportsevarlarga omad kulib boqdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, sport boshqarmasi va yoshlar ishlari agentligi tomonidan kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nargiza Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun