Otasining o‘g‘li

Date:

Ish kuni og‘ir bo‘ldi. “Maktabda ishlash har kimga ham emasda”. Yo‘l-yo‘lakay o‘z o‘ziga gapirib kelarkan, uyda kutib turgan ro‘zg‘or ishlarini o‘ylab yuragi siqildi.

“Oyim keldilar!” Chopqillab peshvoz chiqqan o‘glini nari surarkan, ivirsib yotgan uy go‘yo tobora kichrayib uni bo‘g‘ayotganday nafasi qaytdi.

— Ahmoq! Loaqal yegan ovqatining idishini tozalab qo‘ysa bo‘ladi-ku!

G‘azabini yutolmay aytib yuborgan gapini eshitgan o‘g‘liga yuzlanib, soxta tabassum bilan:

— Azizbek o‘g‘lim, maktabingga yaxshi borib keldingmi? Nechta besh olding? — dedi.

— Hech qancha! — qo‘rslik bilan qaytarilgan javobdan sergak tortdi.

— Aqlli bolalar oyisiga shunday javob qaytaradimi, o‘g‘lim? — dedi o‘zini zo‘rg‘a bosib.

— Men dadamning o‘g‘liman-ku, oyi?! — dedi yuzi tundlashgan o‘g‘li oshxonada kuymalanayotgan otasi tomon ketib borarkan.

Alloma

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun