Shosse yo‘nalishida chempionat

Date:

Velosipedda sayr qilishning-da gashti bor. Bu borada professionallar esa tezlinki oshirib, bir olam zavq tuyganlari aniq. Tezlik, atrof tomoshasi, yuzingizga urilayotgan shabada — bari birdamlikda yuqori kayfiyat baxsh etadi. Albatta, velosipedda sayr qilib turish, do‘stlar bilan kim o‘zarga bellashib turish ham eng yaxshi ko‘ngilochar jarayondir.

Chirchiq shahrida ham para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning 100 nafardan ortiq eng sara para velosportchilari 10 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygalarda o‘z kuchlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi hamda eng kuchlilar aniqlandi.

Shuningdek, Sariosiyo tumani sport maktabida faoliyat olib borayotgan para velosport murabbiysi A.Narzullayev qo‘l ostida shug‘ullanib kelayotgan Amriddin  Qahhorov kattalar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun