Har kuni sport bilan shug‘ullanmasak-da, ish faoliyatimiz, uy yumushlari davomida yelib yugurishimizga, tinim bilmasligimizga to‘g‘ri keladi. Ayni faolligimiz ham aslida sport bilan shug‘ullangandek gap. albatta, har kuni erta tongdan yugurishning, tabiat qo‘ynida sayr qilishning esa gashti bo‘lakcha. nafas yo‘llaringiz ochilib, o‘pkangiz to‘lib, nafas olasiz, o‘zingizni yengil, jismonan tetik his etasiz. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida Boysun tumanida joylashgan “Xo‘jamayxona” darasida o‘tkazilgan “Boysun Trail” xalqaro eko-yarim marafonida ishtirok etgan borki, o‘zlarini tetik his etdilar.
Mazkur xalqaro eko-yarim marafoni aholi va keng jamoatchilik orasida atrof-muhitni himoyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” (O‘zPlogging) umummilliy harakati doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda qatnagan yoshlar “Xo‘jamayxona” darasi bo‘ylab 5 kilometr masofaga yugurishlariga to‘g‘ri keldi.
Albatta, bir qarashda 5 kilometrga yugurish juda uzoq masofa bo‘lib tuyilishi aniq. Ammo yugurish gashtini marafonda ishtirok etganlargina dildan his eta oldilar. taassurotlar esa a’lo. Buni ishtirokchilarning kayfiyati, yuz-ko‘zlaridagi ifoda isbotlab turdi.
Yarim marofon g‘oliblari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.