Ishda ham, sportda ham faol

Date:

Bugun barcha jabhada xotin-qizlar faol va ildam. Oila tutumi, farzand tarbiyasi deysizmi, ishda, ijodda, san’atda o‘zlarini ko‘rsatayotgan nozik xilqat egalari eng yaxshi ibrat namunasi bo‘lmoqda. Albatta, yoshlar ana shunday ayollarimiz qo‘lida unib o‘sayotgani ertangi kunimizga bo‘lgan ishonchimizni oshiradi. Ana shunday faol, ildam ayollar ulg‘aytirgan o‘g‘il-qizlar, albatta, yurt koriga yaraydigan, shu vatanga kamarbasta insonlar bo‘lib yetishishiga shubha yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-sonli qaroriga asosan Sherobod tumanidagi 30-70 yoshdagi aholidan sport sinovlari qabul qilindi. Aytish kerakki, ushbu sinovlarda ham ayollar peshqadamlik qilishdi. Ular sport sinovlarini munosib topshirib, g‘olib va sovrindorlar safida bo‘lishdi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun