Migrantlar uchun patent narxi oshadimi?

Date:

Xorijga ish izlab ketgan va ketish istagida bo‘lganlar uchun aytish kerakki, birgina Moskvada 2025-yilda muhojirlar uchun patentlar narxi 8,9 ming rublni tashkil etadi. Bu amaldagi qiymatdan deyarli 1,5 ming rublga qimmat degani. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Muhim masala — migrantlar soliqlar nuqtayi nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul to‘lashi lozim. Biz fuqarolarimizning oylik daromad solig‘i to‘lovlarini hisobga olamiz va buni ushbu toifa ishchilar bilan solishtiramiz. Hozirda bizda patent uchun oylik to‘lov 7,5 ming rubl, aslida, bu daromad solig‘i bo‘yicha avans hisoblanadi. 1-yanvardan boshlab bu miqdor 8,9 ming rublni tashkil etadi”, dedi Sobyanin.
Bu ish beruvchilarning migrantlar va Rossiya fuqarolariga sarflaydigan xarajatlarini tenglashtiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun