Do‘stlik aloqalari mustahkamlandi

Date:

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlar tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Markaz ma’muriyati va tinglovchilari bilan suhbatda bo‘lib ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va birgalikda ta’lim, sport musobaqalarini va “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etishni rejalashtirib olishdi.
Talabalarning keyingi manzili Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohi hamda Arxeologiya muzeylarida bo‘lib, u yerdagi tarixiy obidalar bilan tanishib o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun