Tajribasi ila o‘rtoqlashdi

Date:

Jurnalistikaning-da faoliyat turlari bor, televideniyeda tasvir, radioda ovoz, bosma nashrlarda so‘z, ma’no va mazmun kuchi birinchi o‘ringa ko‘tarilsa, suratlar ham mazmunni to‘laqonli yoritishga xizmat qiladi. Shunday ekan, materialimizga istagan rasmni qo‘ya olmaymiz, balki sifatli, kadrlar to‘g‘ri tanlanganini joylaymiz.
Sizdan fotomuxbirlikni talab etishganida, tushirgan suratlaringiz talabga javob bermaganida fotomuxbirlikning-da oson ish emasligini, usbu faoliyat turida bilim, mahorat va tajriba talab etishini bilib olasiz. Termiz tumanidagi 9-sonli maktabda 30 yillik tajribaga ega, ayni vaqtda “Janub quyoshi” gazetasida fotomuxbirlik faoliyatini davom ettirayotgan Valimurod Jo‘martov bilan tashkil etilgan uchrashuv davomida ayni haqiqatlarni bilish mumkin bo‘ldi.
Media sohasi ko‘p yillik tajriba ega muxbir uchrashuvda o‘quvchilarga o‘zining hayot yo‘li haqida so‘zlab, sohaga qiziquvchilarga kerakli yo‘nalish va tavsiyalarini berdi. Bugungi axborot asrida o‘quvchilardan bilimlarni sabot bilan o‘rganish talab qilinishi, zamonaviy dunyoda foydali informatsiyalarni ajrata bilish muhim ekanligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun