G‘alaba bilan qaytishdi

Date:

Sportda erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar o‘zbek yoshlariga bo‘lgan g‘urur va iftixorimizni oshirsa, farzandlarimizni-da qaysidir sport turiga qiziqitirish kerak degan fikrni uyg‘otayotgani ham bor gap. Albatta, yoshlarimizning mahorati, yutuqlari ortida ularning trenerlarining xizmatini ham unutmaslik lozim. Aks holda ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alishini ham unutmaslik kerak.
Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida Sambo boʻyicha yoshlar oʻrtasida bo‘lib o‘tgan Oʻzbekiston kubogi uchun kechgan baxslarda ham bunga yana bir bor amin bo‘lish mumkin bo‘ldi. Sambochilar bor mahorat va iqtidorlarini ishga solib, kurashilar. G‘oliblik uchun kechgan jang murosasiz kechdi.
Quvonarlisi, musobaqada Jarqoʻrgʻon sport maktabi tarbiyalanuvchilari Muxlisa Xolmurodova (65 kilogramm vazn toifasida), Charos Abdullayeva (+80 kilogramm vazn toifasida) 1-oʻrinni qo‘lga kritishgan bo‘lishsa, Charos Lolaxonova 72 kilogramm vazn toifasida 2-, Xurshid Shopiyev esa o‘z vazn toifasida 3-oʻrinni egallashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun