“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Date:

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir hijolat ila dardini aytmaydi. Mas’ullar esa ana shunday muammolarga munosib yechim, dardlarni forig‘ qilib, fuqarolarning og‘irini yengil qilishni ko‘zlaydi. Ayniqsa, ishsizlik — eng katta muammo, eng yomon og‘riqdir. Davlatimiz rahbari bahorning ilk kunlarida Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida aholini bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qator topshiriqlar bergan edi. Shundan kelib chiqqan holda Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev tashabbusi bilan joylarda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha “Murojaatdan daromadga 5 qadam” loyihasining amalga oshirilishi boshlangandi.
Joriy yilning o‘tgan davrida Jizzax, Farg‘ona, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi 400 dan ziyod mahallada mazkur loyihaning ijrosi ta’minlandi. Unga ko‘ra 2 mingga yaqin murojaatchiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, ishsiz ayollarning mehnat bandligini ta’minlash maqsadida bosqichma-bosqich zamonaviy tikuv mashinalari topshirilib kelinmoqda. O‘z tikuv mashinasiga ega bo‘lgan ayollar ishlab chiqarish hamda oilaviy korxonalarga kooperatsiya shaklida biriktirilib, mehnat qilishayotir.
Umuman olganda, ko‘rsatilgan yordam tufayli bugun oyoqqa turib, daromad topayotgan ayollar o‘z ishining ustasiga aylanishmoqda. Prezident Xalq qabulxonasining “Murojaatdan daromadga 5 qadam” loyihasi hududlar bo‘ylab davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Burchga sadoqat bilan…

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat...

Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...
KunTun
KunTun