“Kasbiy rivojlanish soati”da…

Date:

Nazariy bilimlar, soatlab leksiyalarda o‘tirib, tanlagan kasbingiz bo‘yicha tushuncha olsangiz-da, bu bilimlar amaliyotda qo‘llanilmas, sinalmas ekan, qandaydir natijaga erishish qiyin. Shu sababdan ham kasb-hunarlar nazariya va amaliyot bilan uyg‘unlikda amalga oshirilishi zarur.
Joriy o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan. Shu maqsadda viloyat Pedagogik mahorat markazida Xalqaro ta’lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida master-trenerlar va mentor o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
Ayni paytda mazkur mentor o‘qituvchilar tomonidan har bir tuman va shahar hududidagi tayanch maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” bo‘lib o‘tmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun