Ustuvor vazifalar belgilandi

Date:

O‘quvchi darsga kelmasa, bundan ota-ona xabardor bo‘ladimi? Unda nega bir kun avval sinf rahbaridan ruxsat so‘ramadi yoki sababini aytmadi? Ayni masalaga aniqlib kiritish lozim bo‘ladi. Sababi dars paytida maktabda bo‘lmagan o‘quvchiga nimadir bo‘lsa, o‘qituvchi javobgar bo‘lishini unutmaslik kerak. Qolaversa, qoldirilgan darslar fanlarni o‘zlashtirishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Davomat masalasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ZOOM platformasi orqali Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, hududlardagi maktab direktorlari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda umumtaʼlim maktablarida davomatni nazorat qilish, voyaga yetmaganlar oʼrtasida sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, sohaga oid mas’ullar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Yoshlar oʼrtasida harbiy vatanparvarlik tadbirlarini jadallashtirish, turli sport musobaqalarini tashkil etish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, inspektor-psixologlarning hisoboti tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun