Muzokoralar olib borilmoqda

Date:

Ta’lim sohasida tashlanayotgan qadamlar yoshlarni har tomonlama ilimli, saloyihatli va o‘z sohasining yetuk kadri sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Shu sababdan xalqaro standartlarga moslashish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Ayni ishlarning davomi sifatida shu kunlarda poytaxtimizda O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu forumda Termiz davlat universiteti rektori ham ishtirok etib, Italiyaning bir nechta nufuzli oliygohlari rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Maria Bernini boshchiligida o‘tkazilayotgan forum ishida Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shuningdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari rektorlari ishtirok etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun