Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Date:

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning ildizini qidirganimizda esa yoshlarning oilaviy hayotga hali tayyor emasligi ochiqlanib qoladi. Bolani savodini oshirish uchun qo‘liga qalam tutqazib yozishni, o‘qishni o‘rgatganimiz kabi, endigina oila qurish ostonasida turgan yoshlarga ham oilaviy hayot haqida biroz tushuncha bersak, balki ayni muammolar kelib chiqmasmidi…
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Uzun tumanida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”ning navbatdagi o‘quvi bo‘lib o‘tdi. Dars jarayonlarda tumandagi malakali o‘qituvchi va shifokorlar, otinoyilar, psixologlar, imom-xatib ishtirok etdi.
Oila qurish arafasida turgan yoshlarga dastur asosida belgilangan mavzular bo‘yicha darslar o‘tilib, dars yakunida tuman hokimi o‘rinbosari S.Gulboyeva hamda FHDYO bo‘lim boshlig‘i Z.Jumayeva tomonidan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun