Buxoro bug‘ulari yana bittaga ko‘paydi

Date:

Xushxabarning qanoti bo‘ladi deyishganidek, yangiliklar yashin tezligida tarqaladi. Xuddi shunday, Termiz hayvonot bog‘ida saqlanayotgan noyob turdagi Xongul — Buxoro bug‘usi bolalagani ko‘pchilikni quvontirdi. Aytish kerakki, hozirda jonivorning salomatligi yaxshi, u veterinarlarning nazorati ostida.
Bugungi kunda hayvonot bog‘ida 4 bosh — 2 bosh erkak, 2 bosh urg‘ochi Buxoro xonguli saqlanmoqda. Eslatish joizki, Xongul (Buxoro bug‘usi) yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi. O‘tmishda Sirdaryo va Amudaryo havzalarining barcha to‘qayzorlarida keng tarqalgan.
Hozirda Amudaryo vodiysining yuqori (Surxondaryo viloyati) va o‘rta (Buxoro viloyati Qizilqum qo‘riqxonasi) oqimida yashovchi, Zarafshon Milliy tabiat bog‘i va Quyi Amudaryo biosfera rezervati, shuningdek, Zarafshon daryosi yuqorisida – O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi aborigen populyatsiyalari, introduksiya va reintroduksiya yo‘li bilan yuzaga kelgan sun’iy guruhlari mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun