Vazifalar belgilandi

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda viloyat va tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari hamda mutasaddilar, mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.
Shuningdek, yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sohalar, tarmoqlar va yo‘nalishlar kesimida tahlil qilindi. Faoliyatida salbiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Aytish joizki, mas’ullarga yil yakuniga qadar erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun