20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Date:

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning tizimli mexanizmi yaratilgan. Davlat rahbarining 153-sonli Qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-6867721) muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilmoqda…
Bandixon tumani “Qaldirg‘och” mahallasida ham ushbu qaror asosida 20 nafar yoshga 50 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan. Yoshlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarida makkajo‘xori, karam, gulkaram, brokkoli, yeryong‘oq kabi sabzavot va poliz ekinlari ekib, mo‘l hosil olish niyatida mehnat qilishayotir.
Albatta, mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirish arafasida. Ushbu yer maydonidan yaxshi hosil olishni maqsad qilgan Musurmon Elmurodov ham boshqa yoshlar qatori berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...

TERMIZ SHAHAR PROKURORI RUSTAM IBRAGIMOVNING HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA OID TERMIZ SHAHRI AHOLISIGA MUROJAATI

Hurmatli termizliklar! So‘nggi vaqtlarda ayrim hududlarda o‘g‘rilik va firibgarlik...

Muammo va yechimlar bir stol atrofida

Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish jarayonida jamoatchilik nazorati...

KUCH VA ADOLAT

Amir Temur jahon tarixida buyuk sarkarda va dono davlat...
KunTun
KunTun