Kamchiliklar tanqid ostida…

Date:

Har qanday loyiha va reja pishiq va uzoqni ko‘zlagan holda ishlab chiqilishi lozim. Ana shundagina u amaljyotga tatbiq etilsa, muvaffaqiyat qozonadi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti majlislar zalida topshiriqqa asosan loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarning texnik iqtisodiy asoslari hamda tizerlari bilan tanishdi.Ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar; texnik iqtisodiy asoslari yuzasidan mutasaddilar, loyiha institutlari mas’ullari tomonidan axborot berildi. Unga ko‘ra viloyat bo‘yicha jami 30 ta yangi loyihalar ishlab chiqilgan bo‘lib, umumiy qiymati qariyb 524 mln dollarni, yaratilishi mo‘ljallangan ish o‘rinlari soni 5 565 tani tashkil etadi.Viloyat rahbari loyihalarning texnik iqtisodiy asoslari hamda tizerlarni ishlab chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini tanqid qilib, mas’ullarga investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Oldingi sahifaMuammosi hal…
Keyingi sahifaJarima belgilandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilmiy salohiyat yuksaltiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov...

Termizda inklyuziv muhit

Termiz shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz...

Biologik himoya — mo‘l hosil garovi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Baxtiyor...

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...
KunTun
KunTun