Jarima belgilandi

Date:

Bizning tabiatdan palapartish foydalanishimiz tuzatib bo‘lmas xatolarni keltirib chiqarmoqda. Unutmaylikki, bunday xatti-harakatimiz uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan. Shunga qaramay, ba’zilar o‘z nafsini jilovlay olishmayotgani ayanchli. Ana shunday huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda viloyat hududida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ayni tadbirlarda Termiz tumanI “Mustaqillik” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Surxon” daryosi qirg‘oqlaridan fuqaro S.Y. noqonuniy ravishda qum xomashyosini olayotganligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan fuqaro S.Y.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga binoan BHMning 10 barobari – 3 million 400 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima belgilandi. Qumqo‘rg‘on suv omborida tashkil etilgan hamkorlikdagi reyd tadbirlarida noqonuniy usul bilan baliq ovlashga urunish harakatlari qayd etildi. Davlat inspektorlari sa’y-harakatlari bilan ekohuquqbuzaarlar qo‘ygan to‘rlar terib olindi. Bundan tashqari, baliq ovlashda ishtirok etgan 3 dona qayiqlarni daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olindi. Ushbu holat yuzasidan 4 nafar fuqaroning har biriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismiga binoan bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 barobari miqdorida 3 million 400 so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek reyd tadbirlari davomida Qumqo‘rg‘on tumani “To‘g‘on ” mahallasi hududida fuqarolar A. T. hamda F.A.lar noqonuniy ravishda noruda materiallari tosh-qum qazib olayotganligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga yetklazilgan zarar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun