Surxondaryo viloyati hokimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Date:

So‘nggi yillarda Surxondaryoda qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida qator islohotlar amalga oshirildi. Mazkur ezgu tashabbuslar viloyat rahbarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlovi bilan bo‘layotgani bois muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan soha viloyatda kun sayin takomillashib bormoqda.
Bugun Surxondaryo aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘z vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida bosh-qosh bo‘lgan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning zahmatli mehnatlari munosib e’tirof etilib, “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishonini Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva tantanali ravishda topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun