28 nafar bola o‘z ota-ona bag‘riga qaytarildi

Date:

Bolaning begonasi bo‘lmaydi deyishadi. Haqiqatan ham sizga kulib turgan samimiy nigohlarini qadagan qorako‘z e’tiborni tortmay qo‘lmaydi. Endi bir tasavvur qilaylik, ana shunday murg‘ak ko‘ngillar yordamga, ko‘makka, parvarishga muhtoj. Qumqo‘rg‘on tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarni hayotga moslashtirish uchun tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Internat uyi zamonaviy reabilitatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, bolalar uchun barcha qulayliklar mavjud.
Ularga qaratilayotgan e’tibor tufayli yilning shu davriga qadar 13 nafar tarbiyalanuvchi mustaqil harakatlanish baxtiga muyassar bo‘ldi. Yotib qolgan 20 nafar tarbiyalanuvchi o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatmoqda. Barcha sharoitlarga ega maskanda nogironligi bor bolalar ta’lim olish va para sport turlariga jalb qilinmoqda. To‘garaklarda rassomchilik, amaliy bezak, to‘quvchilik va kashtachilik o‘rgatilmoqda. Xullas, hech bir bolaning vaqti bekor o‘tmaydi, balki ularning ijodkorlik qobiliyati shakllantirilib, mustaqil izlanish, ishlash ko‘nikmasi hosil qilish bilan birga bolalarni tezroq tuzalishiga turtki berib kelinmoqda.
Ayni damda 28 nafar bola o‘z ota-ona bag‘riga qaytarildi. Ular ichida samarqandlik Baxtibekning salomatligi tiklanib, qadam tashlayotganligi barchani quvontirdi. “Muruvvat uyi”da to‘rt yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalikdan nogiron, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 145 nafar vasiylikka olingan bola tarbiyalanmoqda. Ularga 200 dan ortiq xodim tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatib kelinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun