Fuqaroga chora ko‘rildi

Date:

Tabiatda muvozanat bo‘lsa, hayvonot va nabotot olamida yo‘qotishlar, noyob tur va navlarning yo‘q bo‘lish xavfi yuzaga kelmaydi. Hayvonot olamida o‘txo‘r jonzotlarning ko‘payib ketishi, tabiatdagi yashillikka zarar bo‘lsa, go‘shtxo‘r hayvonlarning ko‘payishi yoki kamayishi ham ta’sir kuchiga ega. Shunday ekan, muvozanatni saqlash lozim. Ammo odamzotning tabiatdan, ekologiyadan palapartish foydalanishi eng katta xavf-xatar bo‘layotgani aniq.
Termiz tumani Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan reyd tadbirlari davomida “Sabzipoya” mahallasi hududida yashovchi fuqaro Sh.U. shu mahalladan oqib o‘tuvchi “Surxon” daryosi muhofaza zonasida o‘sib turgan yulg‘un butalarini noqonuniy ravishda qo‘parib tashlaganligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 25 barobari – 8 million 500 ming so‘m ma’muriy jarima belgilandi. Ushbu holat natijasida tabiatga 510 ming so‘m zarar yetkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun