Sovrindorlar munosib kutib olindi

Date:

Yo‘l qoidasi — umr foydasi deb bejiz aytishmagan. Rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, bolaning yoshligidan yo‘l qoidalari o‘rgatilib, qonuniyat yanglig‘ singdiriladi. To‘g‘ri-da, bunday yo‘l tutish kelgusida yo‘l transport hodisalarining yuzaga kelishining oldini oladi. Yurtimizda ham bolalarning bog‘cha yoshidanoq ayni tajriba qo‘llanilib kelinmoqda. Bilimlar esa tanlovlar, tadbirlarda sinovdan o‘tib yanada mustahkamlanayotir.
Sherobod tumanidagi 67-umumta’lim maktabining “Yosh targ‘ibotchilar” jamoasi “Yashil chiroq – 2024” respublika musobaqasining viloyat bosqichida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Jamoa respublikada ham munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa a’zolari o‘zlari tahsil oladigan 67-maktabda munosib kutib olindi. Mahalla ahli, maktab jamoasi va ota-onalar o‘quvchilarni tantanali ravishda qarshi olib, muvaffaqiyat bilan qutlashdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga maktab ma’muriyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun