Delegatsiyamiz Osiyo islom turizmi va savdo ko‘rgazmasida

Date:

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo islom turizmi va savdo ko‘rgazmasi (AITEX 2024) o‘z ishini boshladi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari J.To‘rayev, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori M.Joniyev, “Hisor” davlat o‘rmon xo‘jaligi T.Mirzayevdan iborat Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilayotgan O‘zbekiston milliy stendi orqali Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati, xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulay imkoniyatlar ham targ‘ib etilmoqda. Delegatsiyamiz a’zolari Kuala-Lumpurda Malayziya sayyohlik markazi direktori Siti nur Bayzura binti Moxtar xonim, Malayziya Islom tadqiqotlari markazi rahbari doktor Mohd Hilmi Bin Ramli bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda turizm sohasida o‘zaro hamkorlik, Termiziylar ilmiy merosi va qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.
Osiyo mintaqasining 50 ga yaqin mamlakatlari vakillari ishtirok etayotgan ko‘rgazma 25 avgustga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat ko‘rsatkichi muhim

Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilimini tashqi diagnostikadan o‘tkazish...

Yoshlar fikri islohotlar markazida

“Yuksalish” harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar...

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...
KunTun
KunTun