“Inson” insonga ko‘makchi

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Ko‘klam” mahallasining ijtimoiy xodimi uyma-uy yurib, xatlov o‘tkazish jarayonida Natalya Kovalyovaning yolg‘iz yashayotganligini aniqlab, yolg‘iz keksa reyestriga kiritish uchun ariza topshirgan edi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlari va muhtojlik darajasini baholash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh mas’ullari tomonidan “Bartel va Louton” shkalasi asosida baholanib, Natalya Kovalyova “Yolg‘iz keksa” reyestriga kiritildi.
Fuqaroning yashash sharoitlari o‘rganilib, keys menejmant asosida, bir qator ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda. Qulog‘i og‘irlashib qolganligi sababli Natalya Kovalyova tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, qulog‘i audiogramma qilingach, quloq apparati berildi. Bu bilan kifoyalanmay, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari N.Kovalyovaning xonadonini to‘liq ta’mirlab berishda ham amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun