Dastlabki kelishuvlarga erishildi

Date:

Yurtimizda xalqaro hamkorlik aloqalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Xitoy davlati bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni ishlarni daom ettirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijiy delegatsiyalarning navbatdagi qabulida Xitoy davlatining Markaziy Osiyo Guangdon savdo palatasi direktori Li Tiantao hamda “Pover Uhuru Share Limited” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mehmonlarga O‘zbekiston-Xitoy asosatsiyasi direktori Baxtiyor Muhammadiyev hamrohlik qildi.
Uchrashuvda hukumat va korxonalar o‘rtasida almashinuvlar, xususan, Guangdon ishlab chiqaruvchi korxonalarining mahsulotlari almashinuviga yordam berish hamda “yashil energiya” loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, birgalikda yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.
Muhokama qilingan masalalar, taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi hamda mutaxassislar ishtirokida, joy tanlash, texnik, texnologik hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga kelishilib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun