Master-reja taqdimot qilindi

Date:

Turkiya davlati bilan ham qator hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Savdo-iqtisodiy aloqalari deymizmi, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda ham turk investorlari sarmoya tikib, tomonlar uchun manfaatli loyihalarni amalga oshirishmoqda. Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning «ND İmar İnşaat ve Ticaret A.Ş.» kompaniyasi rahbari Nadir Do‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida viloyat rahbari O‘zbekiston-Turkiya munosabatlariga to‘xtalib, Prezidentlarimizning tashabbus va say-harakatlari bilan hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadida mamlakatlarimiz hududlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkam aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidladi. Shuningdek, vohamizda Turkiya bilan hamkorlikda 17 ta qo‘shma va xorijiy korxonalar faoliyat yuritayotganligi, so‘nggi 5 yil mobaynida 58 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilganligi qayd etildi.
O‘z navbatida Turkiya kompaniyasi rahbari Surxondaryoda yangi loyihalarni amalga oshirishdan mamnun ekanligini ta’kidlab, Surxondaryo viloyatida ikki bosqichli, 2050-yilgacha 10 million, 2070-yilgacha 20 million aholi uchun mo‘ljallangan master-rejani taqdimot qildi. Shuningdek, Termiz shahrining master rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish, vohamizdagi xomashyo va yarimtayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga aylantirib, jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish hamda yirik ishlab chiqarish va sanoat zonalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda taqdim etilgan loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish, tomonlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda amaliy harakatlarni boshlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun