Terim oldidan ehson tadbiri o‘tkazildi

Date:

Dalalarda paxtalar mo‘l hosil berib, yig‘im-terim boshlanishidan darak berayotgandek. Ayni darakka labbay deya javob berayotgan surxondaryolik klaster va fermer xo‘jaliklari yetishtirgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish mavsumini boshlash arafasida.
Mavsum oldidan esa Al Hakim At-Termiziy majmuasida ehson tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etishdi. Milliy boyligimiz bo‘lgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida Qur’on tilovat qilinib, yurt tinchligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli o‘tishini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun