Saraton xavfi oshmasin desangiz…

Date:

Tanasining turli joylariga tatuirovkalar chizdirgan yoshlarga tez-tez ko‘zimiz tushadi. Ayniqsa, bu holat butun dunyoda bir necha o‘n yillar oldingiga qaraganda hozir ancha keng tarqalgan. Ammo ular mashhurligining global o‘sishi bilan bir qatorda, jahon bo‘ylab limfa tizimining saratoni bo‘lgan limfoma bilan kasallanish holatlarining o‘sishi ham kuzatildi. Shvetsiyadagi Lund universiteti tadqiqotchilari yangi tadqiqotda bu ikki o‘sish o‘rtasidagi aloqadorlikni tekshirishdi.
Limfa immun tizimining bir qismidir. U organizmdagi suyuqlik muvozanatini saqlaydi va infeksiyalardan himoya qiladi. Limfa tizimini zararlovchi saratonning ikkita asosiy turi mavjud: barcha limfomalarning taxminan 90 foizini tashkil etadigan Xojkin bo‘lmagan limfoma (XBL) va Xojkin limfomasi. XBLning 40 ga yaqin kichik turlari mavjud bo‘lib, ular o‘sish va tarqalish sur’atlari bilan farq qiladi. XBL saratonning eng keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lib, har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin.
“Chekish va yosh kabi boshqa muhim omillarni hisobga olganimizdan so‘ng, biz tatuirovka qilinganlar orasida limfoma rivojlanish xavfi 21 foizga yuqori ekanligini aniqladik, — dedi Lund universitetining epidemiologiya kafedrasi dotsenti va tadqiqot muallifi Kristel Nilsen. — Endi natijalarni boshqa tadqiqotlar doirasida ham tekshirib ko‘rish va o‘rganish zarur va bu ishlar davom etmoqda”.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun