Maymunchechak Afrikadan tashqarida…

Date:

Maymunchechak kasalligi koronavirus kabi xavfli. Afsuski, Shvetsiya hukumati mamlakatda maymunchechak kasalligi (M-pox) qayd etilganini ma’lum qildi. 2023-yil oxirida yangi epidemiya boshlanganidan beri bu virus Afrikadan tashqarida birinchi marta aniqlangan. Bemor kasallikni Afrikaga safari paytida yuqtirgan.
Afrikada 2023-yil sentyabridan beri maymunchechakning yangi epidemiyasi davom etmoqda. Qit’ada 13,7 ming holat qayd etilgan, 456 kishi vafot etgan.
2022-yilda Afrikada maymunchechak epidemiyasi ham kuzatildi va JSST ham xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qildi. Ushbu epidemiyaga hozirgidan kamroq xavfli shtamm sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, virusning birinchi alomatlari 5-21 kun ichida namoyon bo‘ladi. Maymunchechak odatda yuqori isitma, bosh og‘rig‘i, bel va mushak og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, charchoq, titroq va suvchechakka o‘xshash terida toshmalarni keltirib chiqaradi. Muayyan davolash usuli mavjud emas, ammo kasallik antiviral preparatlar bilan davolanadi. Aksariyat hollarda kasallik yengil kechib, bemorlar bir necha hafta ichida tuzalib ketadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun