Sho‘rchida tez yordam stansiyasi, Denovda xususiy klinika foydalanishga topshirildi

Date:

Yurtimizda barcha sohalar qatori tibbiyot sohasida ham katta e’tibor qaratilmoqda. Aholining tibbiy salomatligini asrash, yuqori darajada tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun shahar-u qishloqlarda yangidan yangi loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda. Ana shunday ishlarning davomi sifatida Sho‘rchida tez yordam stansiyasi, Denovda xususiy klinika foydalanishga topshirildi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasiga kiritilgan viloyat tez tibbiy yordam filialining Sho‘rchi tumani stansiyasi binosini kapital ta’mirlash taklifi g‘olib deb topilib, 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ ajratilgan edi. Loyiha doirasida eski bino mukammal ta’mirlanib, bugun foydalanishga topshirildi. Tumanning 235 mingdan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur tez tibbiy yordam stansiyasi tarkibida 17 ta brigada va 17 ta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari mavjud.
Shuningdek, bugun Denov tumanida “Denov Diyorbek Trans” MChJ tomonidan tashkil etilgan, umumiy qiymati 4,5 milliard so‘m bo‘lgan xususiy klinika ham o‘z faoliyatini boshladi. Zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan klinikada 25 ta ish o‘rni yaratilgan.
Klinikaning ochilish marosimida tuman mutasaddilari, tibbiyot sohasi vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun