Faoliyati sarhisob qilindi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25- yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-son Farmoni ijrosini, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligining qo‘shimcha 4 ta yangi faoliyat yo‘nalishlari belgilangan. Bular aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish, joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish hamda davlat organlari va mahallalarda yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatib borish kabilarni o‘z ichiga oladi.


Yuqorida keltirib o‘tilgan mezonlarning barchasi, avvalo inson huquqlari uchun xizmat qiladi deya ba’malol ayta olamiz. Kundalik hayotimiz davomida, o‘zimiz istiqomat qilayotgan tuman yoki shaharda ish faoliyatini yuritayotgan Adliya bo‘limlariga bir marotaba bo‘lsa ham ishimiz tushgan. Zamonaviy inshoot, so‘nggi rusumdagi kompyuter-texnikalar bilan ta’minlangan ushbu davlat idorasining o‘zida 130 dan ortiq turdagi muammolar o‘z yechimini topadi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning filiallariga 2024-yilning o‘tgan 1-yarim yillik davomida, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 5 303 ta murojaatning 5 128 tasi hal etilib, shundan 42 foizi yoki 2 226 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 566 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, bundan tashqari 290 tasi ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga yuborilib, 175 ta murojat hisobot davridan qoldiq bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 257 ta murojaatning 246 tasi hal etilib, shundan 65 tasi yoki 25 foizi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 181 tasiga huquqiy tushuntirish, 3 tasi vakolatli organga yuborilgan.


Ma’lumotlarga qaraganda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 89 ta qaror loyihalaridan 45 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berilgan. Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 168 ta takliflar ishlab chiqilgan. Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 595 ta o‘rganish va 445 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 605 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olinib ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 32 977 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 594 ta taqdimnoma, 336 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida va 3 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 2 498 ta ogohnoma kiritilgan.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“UY”INI TOPOLMAYOTGAN GAPLARyoxud ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasidagi oilalar

Bugungi kunda oilalardagi notinchlik, ajrimlar sonining ko‘payishi nafaqat individual...

EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY...

Kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan tuman va shaharlarda kichik mehmonxonalar qurish...

Mamontlar qaytadimi?

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun...
KunTun
KunTun