Subsidiya asosida…

Date:

Bugun ishli bo‘lish, daromad ko‘rish uchun ko‘p narsa kerak emas. Fuqarolarimiz o‘z imkoniyatlari, kasb-u korlari bilan jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib borayotir. Ularga kichik bo‘lsa-da imkoniyat berilsa, kifoya. Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi 252-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi 80 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi topshirildi. Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov tikuv mashinalarini egalariga topshirar ekan, ulardan samarali foydalanishlari, bu orqali oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan moddiy ahvollarini yaxshilashiga erishishlarini taʼkidlab o‘tdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun