Surxondaryo delegatsiyasi RFda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga tashrif buyurdi. Dasturga ko‘ra, Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlarida biznes forumda ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuvlar, loyihalar yuzasidan muzokaralar, kelishuvlarni imzolash tadbirlari, yirik ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, logistika markazlari hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishuvlar rejalashtirilgan.
Dasturga muvofiq Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chelyabinsk gubernatori Aleksey Tekslerning tomonlar mutasaddilari hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi hamda qator kelishuvlarga erishildi.
Muloqot yakunida viloyatimiz hokimi Chelyabinsk gubernatori va tadbirkorlarni Surxondaryoga amaliy tashrif bilan borishga taklif qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun