Yoshlar gulxan atrofida jam

Date:

Uyushmagan yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos mexanizmi ishlab chiqilganidan, rahbarlar tomonidan otaliqqa olinganidan xabaringiz bor. Bugun ana shunday yoshlar bilan ishlash uchun ular bilan yanada yaqinroq bo‘lishga, ularning muammolarini o‘rganib, jamiyatda o‘z o‘rnilarini topishga urinishlar o‘z samarasini berayotir.
Uzun tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O.X.Ergashev “Nurafshon” mahallasi hududdagi 14-30 yoshgacha bo‘lgan “Otaliqqa olingan” uyushmagan yoshlar bilan ishlashda turli tadbirlar o‘ylab topadi. Bu safar ham sektor rahbarinng tashabbusi bilan badiiy kecha tashkil etildi.
Yoshlar bir gulxan atrofida jam bo‘ldilar. Shundan so‘ng, samimiy suhbat boshlandi. Suhbat she’rxonlik tadbirlari, raqs va kuy-qo‘shiqlar ijrosiga ulandi. Muhimi, yoshlar dildan suhbat qurib, ma’naviy jihatdan xordiq chiqardilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun