Muammoli kredit qoldig‘i oshib bormoqda

Date:

Bugun kreditsiz hayotimizni tasavvur etib bo‘lmay qoldi. Yashaydigan uyimiz, uy jihozlarimiz, avtoulovimiz-u, hatto iste’mol qiladigan mahsulotlarimizgacha muddatli to‘lovga olish mumkin. To‘lash qobiliyatimiz bo‘lsa, kifoya. Ammo nafsimiz oshib, to‘lash qobiliyatimiz bo‘lsa-da, rejalarimizning oxiri yo‘qligi keyinchalik bizni qiyin ahvolga solib qo‘yayotgani esa haqiqat. Ya’ni kredit ajratilganiga xursand bo‘lamiz-u to‘lash muddati yetganda, to‘lovni paysalga solamiz. Afsuski, natijada bankda pul aylanishida muammo yuzaga keladi. Ta’minotga muhtoj mijoz bizning mas’uliyatsizligimiz uchun kerakli summani chiqara olmaydi, sababi bankda yetarli mablag‘ bo‘lmaydi-da.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yil boshiga nisbatan tijorat banklari kredit portfeli 18,8 trillion so‘mga oshgan. Kredit portfeli qoldig‘i o‘tgan oyga nisbatan barcha davlat ulushi mavjud banklarda oshgan bo‘lsa, Asakabank va Biznesni rivojlantirish banklarida kamaygan. Boshqa banklardan Ipoteka-bank, Tenge bank, Garant bank, Madad invest bank, Oktobank, Smart banklarda ham kredit portfeli qoldig‘i kamayib ketgan. Davlat ulushi mavjud davlat banklarida muammoli kreditlar ulushi yil boshiga nisbatan ko‘paygan.
Joriy yilning 1-iyun holatiga Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Asakabank, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Ipoteka bank, Garant bank, Madad invest banklarning muammoli kreditlar ulushi respublika darajasidan yuqoriligicha qolmoqda. Eng yirik muammoli kredit qoldig‘iga ega 7 ta banklarga respublika bo‘yicha muammoli kreditlarning 81 foizi to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan 28 ta tijorat banklarining muammoli kreditlari 19 foizni tashkil qiladi. Achinarlisi, tijorat banklaridagi muammoli kreditlar qoldig‘i oshib bormoqda. Yil boshiga nisbatan respublika bo‘yicha muammoli kredit 4,3 trillion so‘mga oshib ketgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun