«Sayyoralar qotili» Yerga yaqinlashmoqda

Date:

Yer sharida davrlar evolyutsiyasi hisobida doimiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib keladi. Global isish, doimiy muzlarning erishi, ozon qatlamining yemirilishi, atrof-muhit, ekologiyaning ta’siri sabab, ko‘plab jonivorlar yo‘q bo‘lib ketib, yangi turlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham hech bir evolyutsiya insoniyat hayotiga salbiy ta’sir etmasligi uchun olimlar, ilm ahli doimiy izlanishda.
Kosmos, fazo kuzatilib, tashqi tomondan bo‘ladigan xavflar ham nazorat ostida saqlanishiga harakat qilinadi. Olimlar «sayyoralar qotili» deya ta’riflagan astreoid bugun — 27-iyun kuni Yerga yaqinlashishini ilmiy asoslagan holda aytishgan edi.
Asteroid (ilmiy nomi — 2011 UL21) Yer yonidan 93 000 km/soat tezlikda o‘tib ketadi. Yevropa kosmik agentligi tomonidan berilgan ushbu xabar har bir insonni xavotirga solishi aniq. Aytish kerakki, Asteroid Yerdan ancha olisdan o‘tib ketadi, xavotirlanishga asos yo‘q.
Ushbu asteroid 66 million yil burun dinozavrlarni qirib yuborgan fazoviy jismdan besh baravar kichik. Shu bois u bilan (ehtimoliy) to‘qnashuv oqibati paleogen davridagi kabi halokatli bo‘lmaydi. Ammo uning ta’siri qit’alar miqyosida sezilib, global iqlim o‘zgarishini keltirib chiqarishi aytiladi xabarda. Asteroidni tungi osmonda teleskop orqali kuzatish mumkin. Uning Yer atrofiga keyingi «tashrifi» 2089-yilga to‘g‘ri keladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun