Istiqbolli loyihalardan tomonlar manfaatdor

Date:

Surxondaryo kundan kunga chiroy ochib, obod ko‘rinish kasb etmoqda. Osmono‘par binolar, tadbirkorlik obyektlari vohadoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib, hayotini yaxshilashga, forovon hayot kechirishlariga xizmat qilayotir. Albatta, hududning turistik salohiyati, so‘lim tabiati, ziyorat maskanlari ham kelgan mehmonlarning qiziqish va hayratiga sabab bo‘lib, kelgusida ularning sonining oshishiga xizmat qilayotgani ham ayni haqiqat. Bunday holatni kuzatguvchi chet ellik investor va ishbilarmonlar vohada yangi loyihalarni amalga oshirishni ko‘zlashi aniq. Shu maqsadda Ozarbayjon davlatidan bir guruh mehmonlar vohamizga tashrif buyurdi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjondan vohamizga tashrif buyurgan “Tobus Bashtiyan Ltd” kompaniyasi rahbari Naig Mammadxasanov va “Kaspian kapital group” kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Adalat Axunovni qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlarga vohamizning investison salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilindi. Xususan, uzumchilik va vinochilik, “Omonoxona” va “Sangardak” hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya usulida hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin ko‘p qavatli turar joylar va zamonaviy yo‘llar qurish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar ma’qul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi. Ikki tomon ham o‘zaro hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor va mamnun ekanliklarini qayd etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toqchida tibbiy punkt ish boshladi

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bugungi...

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...

Yangi energetika loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Daqing Deep Aureus...

Ayrim avtomobillarga gaz quyish taqiqlanadi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab gaz ballonlari bo‘yicha hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan,...
KunTun
KunTun