Jalinga interaktiv studiyasi ish boshladi

Date:

Bugun ijtimoiy tarmoqlar, media mahsulotlari tayyorlar, shu yo‘nalishda ijod qilish yoshlarning asosiy ishi, kasb-u koriga aylangan. Vaqtlari mazmunli o‘tib, qolaversa, daromad olayotgan yoshlar ijodga chuqurro kirishlari, bu boradagi bilim va imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qilishiga shubha yo‘q. Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Jalinga interaktiv video studiyasi ham yurtimizda sanoqli bo‘lib, u yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalanib, interaktiv hamda animatsion kontentlar tayyorlash uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan markaz sanaladi.
Hozirda viloyatda yagona bo‘lgan markazning imkoniyatlaridan nafaqat universitet, balki, vohadagi boshqa ta’lim muassasalari ham foydalanishlari mumkin. Ayniqsa, bunday imkoniyatlar ta’lim sohasiga-da tatbiq etilsa, keng foydalanilsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Shu ma’noda studiyada yuqori sifatli video darslar tayyorlash, onlayn va oflayn rejimda interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Bunday dars jarayonlari esa yanada samarali va qiziqarli bo‘lib, yoshlar auditoriyasini keng egallashi aniq. Shundan kelib chiqib, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish uchun turli xil virtual tajribalarni sinab ko‘rishni allaqachon boshlab yuborishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun