Huquqiy muammolar o‘rganilmoqda

Date:

Insonni qiynayotgan muammolari ko‘p bo‘ladi. Ko‘ngilga qo‘l solsangiz, kimdir yangi uy xarid qilishni, buning uchun davlat tomonidan subsidiya olishni istaydi. Kimdir esa ijtimoiy ahvoli og‘irligi sabab bola puli olishga ehtiyoji bor. Xullas, so‘rasangiz, yechim topish, huquqiy yo‘nalish berish lozim bo‘lgan sabablar, muammolar chiqaveradi. Shunchaki hamma ham buning uchun qayerga murojaat qilish kerakligini, qaysi idora va tashkilot eshigini qoqish kerakligini bilmaydi. Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari ana shunday muammolarga munosib yechim toppish maqsadida Termiz shahridagi “Bog‘zor” va “Baynalminal” mahallalarida uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o‘rgandilar.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni dasturil amal bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, mahallada aholi muammolari o‘rganish jarayonida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy uchun subsidiya ajratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolar aniqlandi. O‘rganish davomida murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Siz kelmang, biz boramiz

Bandixon tumanining "Navro‘z" mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi....

Denovda gilos bog‘i barpo etilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida qishloq xo‘jaligi...

“Turun” jamoasi birinchi oʻrinda

Termiz shahrida "Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz" respublika ko‘rik-tanlovi yakunlandi....

Intellektual bahslarda…

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat va shashka turlari...
KunTun
KunTun